Ushbu anjumanda O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov kelgusida ish sifatini oshirish bo'yicha o'z assotsiatsiyasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan qator maqsad va rejalar haqida fikr bildirdi.
Anjumanda O'zbekiston nogironlar Assotsiatsiyasining 2023 yilga mo'ljallangan ish rejasini tasdiqlash, hududiy boshqarmalar to'g'risidagi nizomni yangi tahrirda ko'rib chiqish, Toshkent shahar hududiy bo'linmasini tashkil etish kabi qator mavzular ham muhokama qilindi. O'zbekiston nogironlar Assotsiatsiyasiga a'zo bo'lish to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqish.






